Hakim Fuzaylov: "Futbolchilar o‘zlariga ishonishmadi chog‘i, yoki...

  • 21.04.2022 22:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” (5:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Avvalo “Bunyodkor”ni g‘alaba bilan tabriklayman! Raqib chiroyli g‘alabani tantana qildi. Yutsa jamoa, yutqazsa, murabbiy yutqazadi. Bunday mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman!

Futbolda bo‘lib turadigan holat. Bu kabi o‘yinlardan o‘tib turish kerak. Xatolarimizni yana tahlil qilamiz. Futbolchilar juda bo‘shashishdi. O‘zlariga ishonishmadi, chog‘i. Yoki men murabbiy sifatida qaerdadir xatoga yo‘l qo‘ygandirman.

O‘yindan qoniqqanim yo‘q. Endi pro liga bahslariga tayyorgarlik ko‘ramiz. Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan, bu yog‘iga shu haqida bosh qotiramiz.

“Bunyodkor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!