
Hamid Aktamov: Gevorkyan penaltini shoshib amalga oshirgani sabab gol ura olmadi
“Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi Hamid Aktamov bugun bo‘lib o‘tgan "Neftchi"ga (1:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugungi o‘yinga yaxshi tayyorlangan edik. FIFA kunlari davomidagi tanaffus o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, deb o‘ylayman. Maydonga g‘alaba uchun chiqqan edik. Mavsum oxirida futbolchilar ham toliqqan. Penaltiga keladigan bo‘lsak, Artur Gevorkyan gol urishga shoshilgani sababli zarbasi noaniq chiqdi, deb o‘ylayman.
Oxirgi turda AGMK bilan o‘ynaymiz. Ushbu o‘yinga puhta tayyorgarlik ko‘ramiz.
Birinchi oltitalikka kirishga harakat qilgandik. Kelasi mavsumga bundan ham kuchli tayyorlanamiz” – dedi Hamid Aktamov.
Fikrlar