Hamma kutayotgan futbolchi sotilmaydigan bo‘ldi

  • 25.12.2025 07:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Brayton” klubi rahbariyati Evropaning bir qator grandlari nishonida turgan mahoratli yarim himoyachi Karlos Baleba kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Times Sport  nashri xabariga ko‘ra,  klub 21 yoshli kamerunlik futbolchini kamida 2027 yilning yozigacha jamoada olib qolmoqchi va transfer bo‘yicha hech qanday takliflarni ko‘rib chiqmaqdi.

“Brayton”ning qaroridan keyin Balebani transfer ro‘yxatiga kiritgan xaridor klublar endi e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratmoqda. Xususan, bungacha ham Balebani olishga bir necha bor urinib ko‘rgan “Manchester Yunayted” ham “Kristal Pelas” vakili Adam Uorton transferini amalga oshirishni rejalash boshladi.

Joriy mavsumda barcha turnirlarni hisobga olgan holda 19 ta o‘yin o‘tkazgan Balebaning “Brayton” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!