
Hamma Salohga tan berdi
Buyuk Britaniyaning Mirror nashri o‘z talqiniga ko‘ra, Angliya premer-ligasining o‘tgan mavsumdagi eng zo‘r futbolchisini aniqladi. Tanlov futbol muxlislarining ovozlari asosida o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, 2020 yilning Angliyadagi eng yaxshi futbolchisi nomiga Muhammad Saloh loyiq ko‘rildi. U eng yaqin ta’qibchilari – Jek Grilish va Markus Reshforddan o‘zib ketdi.
Mirror nashri talqini bo‘yicha kuchli o‘nlik bilan tanishing:
- Muhammad Saloh («Liverpul»)
- Jek Grilish («Aston Villa»)
- Markus Reshford («Manchester Yunayted»)
- Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»)
- Jordan Xenderson («Liverpul»)
- Sadio Mane («Liverpul»)
- Virjil van Deyk («Liverpul»)
- Son («Tottenxem»)
- Jeymi Vardi («Lester»)
- Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»)
Fikrlar