Hammasi hal bo‘ldi, "Qizilqum" yangi bosh murabbiy bilan shartnoma tuzdi

  • 19 yanvar, 2022, 18:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Sports.uz saytida “Qizilqum” klubidagi o‘zgarishlar xususida, jumladan, serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevichning Navoiyga kelgani borasida xabar bergandik. O‘tgan vaqt davomida mutaxassis klub bilan yaqindan tanishdi, rahbariyat bilan barcha masalani bafurja gaplashib oldi.

Tecno

Bugun Nikola Lazarevich "Qizilqum" bilan shartnoma imzolaganini Sports.uz muxbiriga ma’lum qildi. Shunday qilib, u joriy mavsumda Hamidjon Aktamovning o‘rnida “Qizilqum” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Aktamov klubda direktor lavozimida ishlaydi.

nikola2

Yangi bosh murabbiy ertadan jamoasi bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi. Reja bo‘yicha “Qizilqum” klubi 3 fevral kuni yig‘in o‘tkazish maqsadida Turkiyaga jo‘nab ketadi.

Eslatib o‘tamiz, 44 yoshli Lazarevich o‘tgan yili Saudiya Arabistonining "Al-Taavun" klubida faoliyat olib borgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!