
Hammasi hal bo‘ldi. Neymar bugun yangi shartnoma imzolaydi!
PSJ rahbariyati nig‘oyat Neymarni klubda qolishga ko‘ndir. Frantsiyaning mashhur L’Equipe nashri xabar berishicha, klub braziliyalik futbolchi bilan 8 may kuni 2026 yilga qadar davom etadigan hamkorlikni rasmiylashtiradi.
Avvalroq, Neymar o‘ziga “Barselona” tomonidan jiddiy qiziqish borligini bilgach, parijliklar bilan muzokarani to‘xtatgani haqida ma’lumotlar tarqatgan edi.
PSJ klubi prezidenti o‘z vaqtida “Barselona”ga rasmiy maktub yo‘llab, futbolchini muzokaralardan chalqitmaslikni talab qilgandi.
Neymar 2017 yili PSJga 222 million evro evaziga aynan Kataloniya klubidan olib kelingan. Bu transfer rekordi hali ham yangilangani yo‘q. Braziliyalik blduz Parij klubida to‘p tepsa ham, doim "Barselona"ga qaytish uchun variant qidirib kelardi. Endi Parijda qolishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Joriy mavsumda Neym ar Frantsiya chempionatida 15 ta uchrashuda ettita gol urdi va beshta golli pas berdi. Evropa Chempionlar ligasida esa to‘qqizta o‘yinda oltita to‘p kiritdi va uchta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar