Hammasi hal bo‘ldi. Varan MYu da o‘ynaydi

  • 27 iyul, 2021, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, MYu 28 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga bonuslar bilan birga 48 million evro to‘laydi. Varanning o‘zi bilan esa 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Ushbu kelishuv tomonlar roziligi bilan yana ikki mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Varan bugun kunning birinchi yarmida “qizil iblislar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Rafael Varanning yangi jamoasidagi yillik maoshi 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!