Hamyurtlarimiz Finlyandiyadagi musobaqada ishtirok etadi
6-8 mart kunlari Finlandiyada 39-The Gee Bee Xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Osiyo va Evropaning eng kuchli bokschilari ringga ko‘tariladi.
O‘zbekistonlik Mo‘ydinxo‘jaev Asadxo‘ja, Abdumalik Halakov va Jahongir Rahmonov qatnashadigan musobaqada Aslanbek Shimbergenov, Kairat Eraliev, Bek Nurmagambet, Tursunbay Kulaxmet, Kevinder Singh Bish, Benjamin Uittaker va boshqa jahon chempionati va Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari ishtirok etishadi.
Bu haqda Boxer TV kanali ma’lumot berib o‘tdi.
Fikrlar