Asosiy mazmunga oʻtish

Hamyurtlarimiz Qatardagi turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning qariyb 30 mamlakatidan kuchli atletlar jam bo‘lgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqa davomida terma jamoamiz vakillari 4 ta oltin, 15 ta kumush va 5 ta bronza jami 24 ta medal qo‘lga kiritib, ochkolar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Hamyurtlarimiz bugun poytaxtimizga qaytib kelishdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q