Hamyurtlarimiz tantanali tarzda kutib olindi!
Joriy yilning 16 yanvar – 1 fevral kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2026" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada tarixiy natijalar qayd etgan shaxmatchilarimiz bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida ota-onalari, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.
Aeroportda sportchilar sharafiga samimiy qutlovlar yangradi va jurnalistlar tomonidan matbuot muloqoti tashkil etildi.
Quyida ushbu marosimdan fotolavhalarni tomosha qiling:










Fikrlar