“Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi Buxoro viloyati kesimida

  • 14 mart, 2019, 13:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 avgustdagi 688-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hokimiyatlar, “Mahalla” kengashi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qarorda belgilab qo‘yilganidek,  mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish bo‘yicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi bo‘yicha joylarda futbol maydonchalari qurilmoqda va qurilish ishlari rejalashtirilyapti. 
  
Shu kungacha e’tiboringizga Toshkent shahri va Andijon viloyatidagi mahallalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qildik. Buxoro viloyati kesimida oladigan bo‘lsak, bu erdagi 13ta tuman/shaharda jami 540ta mahalla mavjud. 2018 yildan 2019 yilning shu kuniga qadar Buxorodagi bir qator mahallalarda futbol maydonchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Masalan, Buxoro shahridagi “Otbozor”,  Vobkent tumanidagi “Beshrabot”, “So‘fidehqon”, “Bozorjoyi”, “Arabxona”, “Changaron”, “Niyozxo‘ja”, “Shakarkent”, “Paxtakor”, “Qatag‘on”, Jondor tumanidagi “Samonchuq”, “Pochchoyi”, Olot tumanidagi “Usmonshayx”  mahallalarida stadionlar barpo etildi.    
 
 
Buxorodagi quyidagi mahallalarda  futbol maydonchalari qurish uchun er maydonlari mavjud:
 
Buxoro shahar
"Sayfiddin Boxarsiy nomli MFY
Furkat  MFY
Xo‘jaGunjoriy nomli MFY
M.Ashrafiy MFY
Sobir Raximov nomli MFY
Shergiron MFY
Zarafshon MFY
A.Temur MFY
O.Xo‘jaev MFY
Foshun MFY
Bexishtiyon MFY
 
Kogon shahri
Alisher Navoiy MFY
Ziyokor MFY
Xo‘jabargi MFY
Amir Temur MFY
Istiqlol MFY
Mustaqillik MFY
Maxtumquli MFY
Zirabod MFY
Navzirabod MFY 
Turkiston MFY
A.Qodiriy MFY
B.Sharif MFY
Temir yo‘lchi MFY
Do‘stlik MFY
M.Ulug‘bek MFY
Beruniy MFY
 
Buxoro tumani
"Kuchkumar" MFY
"Rabotak" MFY
"Yangi turmush" MFY
"Istiqbol" MFY
"Soxibkor" MFY
"Saxovat" MFY
"So‘fikorgar" MFY
"Yangi obod" MFY
"Novmetan" MFY
"Dilobod-zafarobod" MFY
"Xumin" MFY
"Turkon" MFY 
"Podshohi" MFY 
 
Vobkent tumani
Xo‘jarabot MFY
Ko‘lxatib MFY
G‘aribshoh MFY
Cho‘rikalon MFY
Mirvoshi MFY
Mo‘minobod MFY
Latifsobungar MFY
Teraklik MFY
O‘zbakon MFY
Shanba MFY
Shohnigor MFY
 
Jondor tumani
Qalmoq MFY
Boliob MFY
Qaroli MFY
Ibn-Sino MFY 
Eronshox MFY 
Bog‘ MFY 
Obod MFY 
Rabot MFY 
 
Kogon tumani
"Beklar" maxalla 
"Uba cho‘li" maxalla 
"Tun iroq" maxalla 
"O‘rta cho‘l" maxalla
"Sorgun" maxalla
"Siyoz poyon" maxalla
"Xukumatobod" maxalla 
"Sarayon" maxalla 
"Mustaqillik" maxalla 
 
Olot tumani
Xidreyli MFY
Asajam MFY
Ko‘kko‘z MFY 
G‘anchi Chandir MFY
Bo‘ribek Chandir MFY
Xalifa MFY
Balandmachit MFY 
Denov MFY
O‘zbekiston MFY
Shayxlar MFY
Opshoq MFY
Paxtakor MFY
Burjoq MFY
Arabxona MFY
Soin-Qorovul MFY
Davlatboy MFY
Muxtor MFY 
Dilkor MFY 
Yosh Botir MFY
Oq Oltin MFY 
Pichoqchi MFY 
Qirtoy MFY 
Bayot MFY
Qumkashon MFY 
Nonimas MFY
 
Ushbu mahallalarda futbol maydonchalarini qurish istagida bo‘lgan tadbirkorlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasigi murojaat qilishlari mumkin. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ularga hokimiyat tomonidan er maydonlari ajratilishi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!