
Harri Keyn barcha hujumchilarni ortda qoldirdi
Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 2023 yilning eng samarali futbolchisi aniqlandi. Unga ko‘ra, yilni “Tottenxem”da boshlab, yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan Harri Keyn birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Angliyalik tajribali forvard gol+pas tizimi bo‘yicha ligada 45 ball to‘pladi.
Keyingi o‘rinda bir xil – 39 balldan jamg‘argan PSJ yulduzi Kilian Mbappe va “Liverpul” etakchisi Muhammad Saloh qayd etilgan.
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland gol urish va golli pas uzatishda 38 ta samarali harakatni amalga oshirgan.
Fikrlar