Harri Keyn o‘ziga superklub tanladi. U Angliyadan ketmoqchi!

  • 10 may, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” etakchisi Harri Keyn faoliyatini “Barselona”da davom ettirish istagini bildirdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli to‘purar kataloniyaliklar bilan transfer borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq,  “Barselona” rahbariyatini boshqa masala xavotirga solmoqda. Ular Angliya futbolida porlagan yulduzlar Ispaniyaga moslashishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishi va shu paytgacha o‘zini ko‘rsatishi qiyin bo‘lganiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu bois, “Barselona” Harri Keyn transferi bo‘yicha qarorini shoshilmay qabul qilmoqchi.

Keyn “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoa tarkibida o‘n yildan beri to‘p tepmoqda. Mir hujumchi londonliklar bilan sovrinlar uchun kurasha olmayotganidan qoniqmayapti va shuning uchun kuchliroq klublarga o‘tishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 13 ta golli pas uzatgan futbolchiga “Manchester Siti” ham jiddiy da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!