
Here we go! Jeydon Sanchoning "Borussiya"ga qaytishi aniq bo‘ldi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho yana "Borussiya"ga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
U ijara asosida dortmundliklar safiga ko‘chib o‘tadi. Ijara uchun "arilar" Manchester klubiga 4 million evro to‘laydi, shartnomada sotib olish bandi mavjud emas. Jeydon mavsum yakuniga etgach, yana "qizil iblislar" ixtiyoriga qaytib keladi.
Futbolchi bugun tunda Germaniyaga uchib boradi va sobiq jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 48 soat ichida transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar