Hibsga olindi! UFC jangchisi xotinini mashinada bosib ketmoqchi bo‘ldi

  • 30.07.2026 20:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFCning yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempionlik da’vogari Entoni Smit oilaviy mojaro ortidan jiddiy jinoiy ish markazida qoldi. 38 yoshli sportchi, shu bilan birga promoushen tahlilchisi hisoblangan Smit uchta og‘ir modda bo‘yicha ayblanib, hibsga olindi.

Sarpi okrugi prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 26 iyul kuni AQShning Nebraska shtatida joylashgan Gretna shahrida o‘tgan Gretna Days festivali paytida sodir bo‘lgan. Bardagi janjal va konsertdagi tortishuvdan so‘ng, tergov versiyasiga ko‘ra, Smit xotinidan uyga birga qaytishni talab qilgan, rad javobi bo‘lsa, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan. Aytilishicha, u ayolini majburan mashinaga o‘tkazgan va yo‘lda ham tahdidlarni davom ettirgan.

Prokurorlar bayonotiga ko‘ra, ayol mashinadan tushib qochishga muvaffaq bo‘lganidan keyin, Smit bir necha bor uni urib ketishga urinishda ayblanmoqda. Tasodif tufayli ayol jiddiy tan jarohati olmagan — u mashinaning ostiga tushib qolishdan qocha olgan. Guvohlar unga va bolalariga yordam berib, hodisa joyidan olib ketishgan. Ertasi kuni Entoni Smitni qo‘lga olish uchun order berilgan, sportchi esa politsiyaga o‘zi borib taslim bo‘lgan.

29 iyul kuni sudda unga nisbatan 500 ming dollar miqdorida kafolat puli belgilab qo‘yildi. Shartlar qatorida — rafiqasi Mihala bilan har qanday muloqotni to‘liq taqiqash, sud ruxsatisiz Nebraska shtatini tark etmaslik va qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik talabi bor. Keyingi sud majlisi 17 avgust kuniga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!