
Hibsga olingan MYu sardori terma jamoadan chetlatiladi
“Manchester Yunayted” sardori Garri Maguayr Gretsiyadagi qilmishlari uchun Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan muhokama qilinadi.
27 yoshli futbolchi Gretsiya politsiyachiga hujum qilgani uchun hibsga olingan edi. Keyinroq, uni Angliyaga jo‘natib yuborishdi. Garchi Maguayr aybini tan olmagan bo‘lsa-da, uning yuristlari 25 avgust kuni bo‘ladigan sud mahkamasida ishtirok etadi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bilan vaziyat yuzasidan suhbat o‘tkazadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy intizomiy chora sifatida Maguayrni sentyabr oyida Daniya va Islandiyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlardan chetlatishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar