
Hikmat Ergashev: "Hali hech nima yo‘qotilgani yo‘q"
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi OKMK – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida OKMK katta murabbiyi Hikmat Ergashev qatnashdi.
- O‘yin yaxshi, chiroyli bo‘ldi. “Mash’al” himoyalanib qarshi hujumda o‘ynadi. Biz gol ura olmadik. Ular qarshi hujumda gol urib ketdi. Hozirda Superligami yoki pro ligami, klublari bir xil. Hamma o‘zini taktikasi bo‘yicha o‘ynayapti. Lekin uchrashuv qiziqarli o‘tdi. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Oldindan uchrashuvlar bor. Guruhdan chiqishga harakat qilamiz.
Fikrlar