
Hojiakbar Alijonov Osiyo kubogini o‘tkazib yuboradimi?
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov jarohat olganligi haqida xabarlar tarqalgandi. O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziev telegram kanalida ushbu holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
"Milliy terma jamoamiz a’zosi Hojiakbar Alijonov jarohat olgani haqida ma’lumot chiqdi. Tibbiy shtabimiz bu ma’lumotni rad etdi. Alijonov jamoa bilan birga rejadagidek turnirga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etyapti", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi birinchi turida 13 yanvar kuni Suriya termasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar