Hoy hujumchi, kuchliroq klubga o't!
Angliya Premier-ligasining oʻrtamiyona klublaridan hisoblangan “Everton” hujumchisi Iliman Ndiaye faoliyatini ancha jiddiy jamoa – “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.
Bu haqida SullyTalkz akkaunti X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, mankunianlar futbolchining oʻyinlarini diqqat bilan kuzatmoqda va yozda transferni amalga oshirish uchun aniq qadamlar tashlashi kutilyapti.
Futbolchining oʻzi ham yangi jamoaga oʻtishga tayyor va bu masalada “Manchester Yunayted” uning ustuvor tanlovi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Ndiaye barcha musobaqalarda 27 ta oʻyinda ishtirok etdi, ularda olti gol va uchta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga teng.
Fikrlar