Hujumchi uchun so‘ralgan summa “Barsa”ni shokka tushirdi

  • 22.08.2024 15:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bir necha hafta davom etgan muzokaralarda “Atletik” hujumchisi Niko Uilyamsni transferga ko‘ndira olmaganidan keyin e’tiborini “Milan” vakili Rafael Leauga qaratgan edi.

Italiyaning mashhur nashri La Gazzetta dello Sport milanliklar portugaliyalik o‘yinchini Kataloniyaga qo‘yib yuborishga tayyorligini yozdi. Manbaga ko‘ra, “Milan” xo‘jayinlari bu transfer uchun 175 million evro so‘rayapti.

“Barselona” moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, bu summaning yarmini ham to‘lay olmaydi. Milanliklar esa, kataloniyalik mutasaddilarning taklifiga ko‘nmasa kerak.

Avvalroq, “Barsa” yangi hujumchi uchun 58 million evro miqdorida mablag‘ ajratgani va bu summadan tashqari hamkorlarga o‘z futbolchilaridan birini berishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, 25 yoshli Leauning o‘zi kuchini yangi chempionatda sinab ko‘rishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!