Hujumchi yanvarda Manchester klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi
Grand klubda o'ynaydigan payt keldi
“Kristal Pэlas” hujumchisi Jan-Filipp Mateta qishki transfer oynasida “Manchester Yunayted”ga o‘tish imkoniyatiga qiziqish bildirayapti.
Mateta mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish istagini namoyon etmayapti. Shu sababli “Kristal Pэlas” Jan-Filippni yanvar oyida sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
Talksport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Mateta yanvar oyida “Kristal Pэlas”ni tark etishga qaror qilgan va “Manchester Yunayted”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Manchester klubi avval ham Fransiya terma jamoasining 29 yoshli futbolchisiga qiziqish bildirgan edi.
“Manchester Yunayted” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish ishlarini o‘tgan yozdayoq amalga oshirish kerak bo‘lganini anglab yetmoqda. Bu Benyamin Sheshko yana jarohat olib, shifokorlar ixtiyoriga topshirilgandan keyin yanada yaqqol namoyon bo‘ldi.
Matetaning o‘zi esa son orqa qismidagi jarohat bilan bog‘liq muammolar tufayli joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida atigi 92 daqiqa o‘ynadi.

Izohlar (0)