"Humo" bullitlar seriyasida mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkentning "Humo" klubi Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Nikolay Drozdetskiy xotirasiga bag‘ishlangan turnirda ishtirok etmoqda.
Kecha Evgeniy Popixin shogirdlari mazkur musobaqadagi o‘zlarining uchinchi o‘yinlarnini o‘tkazishdi. Bu safar ularga Voskresenskning "Ximik" jamoasi raqiblik qildi. Bellashuvning asosiy vaqti va overtaymlarda g‘olib aniqlamadi (2:2) va bullitlar seriyasiga murojaat etildi.
Bullitlar seriyasida esa tajriba o‘z so‘zini aytib, "Ximik" klubi g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, "Humo" musobaqadagi uchinchi bellashuvda ham mag‘lub bo‘ldi. Bundan oldin toshkentliklar "Dinamo" (Sankt-Peterburg) va "Sariarka" (Qarag‘anda) klublariga ham mag‘lub bo‘lgan edi.
Ertaga esa jamoa "Neftyanik"ka qarshi muzga chiqadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi.
Shaybalar:
0:1. Mosharov (Grigorenko), 11.07.
1:1. Bain (Kotlyarevskiy), 37.24.
1:2. Sherbina (Valuyskiy), 50.15.
2:2 Gubin (Pavlyukov, Glebov), 58.16 - bol.
3:2 Pavlyukov, 65.00 - g‘alaba bulliti.
Darvozabonlar: Trushkov - Smiryagin.
Hakamlar: Gordienko, Baturin.
Jarima: 10 - 14.
18.08.2019. Sankt-Peterburg. «Xokkey shaharchasi» sport kompleksi.

Izohlar (0)