Asosiy mazmunga oʻtish

"Humo" KXL klubiga imkon qoldirmadi (foto+video)

Shahzod
Izohlar: 0

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Nijegorod viloyatida Gubernator kubogi turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Toshkentning "Humo" xokkey klubi ham ishtirok etmoqda. Ilk turda Minskning "Dinamo" jamoasiga 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Evgeniy Popixin shogirdlari kecha mahalliy "Torpedo" klubiga qarshi muzga chiqishdi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda "Humo" xokkeychilari KXLda ishtirok etadigan "Torpedo" jamoasi ustidan 3:0 hisobi ustun kelishdi. Gollarga Denis Mosharov, Artyom Voronin va Semyon Valuyksiylar mualliflik qilishdi. Shu tariqa, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 2 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ertaga esa ular Moskvaning "Dinamo" jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Torpedo vs Khumo

Torpedo vs Khumo
1 / 15
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q