Asosiy mazmunga oʻtish

"Humo" "Traktor" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

Shahzod
Izohlar: 0

Chelyabinskning "Chelmet" klubi hujumchisi Denis Mosharov faoliyatini Toshkentda davom ettiradi.

Mintaqaviy xokkey ligasi ishtirokchisi - "Traktor" klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Mosharov so‘nggi yillarda shaharning boshqa jamoasi "Chelmet"da shayba surayotgan edi. Yangi mavsumda 26 yoshli forvard Toshkentning "Humo" jamoasi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Mosharov "Traktor" safida 15, "Chelmet" tarkibida esa 272 bahsda ishtirok etgan va raqiblar darvozasiga 35 ta shayba kiritishga erishgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q