"Humo" xokkeychilar oldidagi qarzlarini uzdi

  • 6 iyun, 2020, 18:15
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" xokkey klubi mart va aprel oylari uchun xokkeychi va ishchi-hodimlar oldidagi qarzdorligini uzdi. Bu haqda "TASS" axborot agentligi xabar bermoqda. Bonuslar esa yaqin fursatlarda to‘lab beriladi.

Tecno

17 aprel kuni "qanotlilar" kelgusi mavsum koronavirus pandemeiyasi bois Oliy xokkey ligasida ishtirok etmasligini e’lon qilgan edi. Shu kunning o‘zida esa klubning qarzdorligi haqidagi xabarlar yangradi.

Ma’lumot uchun, "Humo" jamoasi 2018 yil tashkil etilgan bo‘lib, o‘zining uy uchrashuvlarini 12 500 nafar muxlisga mo‘ljallangan "Humo Arena" muz saroyida o‘tkazadi. Toshkentliklar o‘tgan mavsum Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi klublari ishtirok etadigan Oliy xokkey ligasi (VXL) - Buyuk ipak yo‘li kubogida ishtirok etdi va muntazam chempionatda 7-o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!