
Humoyun Mahkamov Qirg‘izistonda jang qiladi!
25 iyun kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahri katta MMA kechasiga mezbonlik qiladi. Ya’ni, "WEF 126-PROF FIGHT 56" turniri tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga ko‘tarilmoqda. Jumladan, yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida "Jahon" klubi a’zosi, Jahongir Asronov shogirdi Humoyun Mahkamov o‘zining professional yo‘nalishdagi debyut jangini o‘tkazadi. Unga qirg‘izistonlik Bayaman Nazaraliev raqiblik qiladi.
O‘z o‘rnida hamyurtimizga ushbu muhim jangda omad tilab qolamiz!
Fikrlar