Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...

  • 10 aprel, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari legioner sifatida xorij mamlakatlari ligalarida muvaffaqiyatli to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik ishqibozlarni xushnud etadi.

Tecno

Chunki navbatdagi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan milliy terma jamoasi faoliyatida legioner o‘yinchilar muhim ahamiyat kasb etadi va qozonilayotgan g‘alabalarda ularning hissasi katta bo‘lmoqda.

Sports.uz portali muxlislar e’tiboriga xorijda o‘ynayotgan futbolchilarimiz natijalari haqida ma’lumot beradi.

Abduqodir Husanov (“Lans”)

Frantsiya futbolini yoritayotgan mutaxassislardan biri Loren Mazur “Lans” jamoasining eng tezkor o‘n nafar futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, lansliklar tarkibida eng katta tezlik qayd etgan ikki futbolchidan biri Abduqodir Husanov bo‘ldi.

Legionerimiz bilan birga kolumbiyalik himoyachi Joanner Chaves  soatiga 35,54 kilometr tezlikda  yugurgan.

“Lans”ning eng tezkor futbolchilari o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Eldor Shomurodov (“Kalyari”)

28 yoshli hujumchimiz keyingi paytda jamoasi joniga ko‘p bor oro kirmoqda. Bu gal “Atalanta”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda Eldorning assisti hisob tenglashishiga va “Kalyari” futbolchilarining kurashga qaytishiga sabab bo‘ldi.

Statistika mutaxassislar Shomurodov A Seriyadagi so‘nggi assistini 2023 yilning 11 dekabrida “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda amalga oshirgani va uchinchi golli pasini uzatishi uchun qariyb to‘rt oy kerak bo‘lganini e’lon qildi.

Adolat yuzasidan aytish kerakki, Eldor bu oylarning katta qismini  jarohatdan tiklanishga sarflab yubordi.

Maydonga qaytishi  bilan gollar va assist bilan jamoasiga katta yordam bera boshladi va “Kalyari”ning xavfli hududdan uzoqlashishida legionerimizning hissasi katta bo‘lyapti.

Jasur Yaxshiboev (“Ordabasi”)

Qozog‘iston Premer-ligasining amaldagi chempioni “Ordabasi” futbolchisiga aylangan Jasurbek Yaxshiboev jamoasining asosiy to‘purari mavqega ko‘tarildi.

To‘rtinchi turda hamyurtimizning murakkab vaziyatda bo‘lishiga qaramay, safar uchrashuvida “Turon” darvozasini ishg‘ol qilgan, chimkentliklarga uch ochko keltirib, “Ordabasi”ni musobaqa jadvalida uchinchi pog‘onaga ko‘tardi.

Jasurning o‘zi chempionatdagi gollari sonini uchtaga etkazib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan Idris Umaev va Evgeniy Berezkinga etib oldi.

Eng foydali o‘yinchilar reytingida ham ushbu uch futbolchi bir xil natija – uchtadan gol va bittadan assist bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullaev va TsSKA munosabat bildirdi!

Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alishernarzullayev
10/04/2024 20:11
Ayniqsa uni belarusda va moldovadagi uyinlari juda yoqqandi
&
Alishernarzullayev
10/04/2024 20:10
Jasurni super legada hadeganda uyni qovushmaydi lekin legionerga aylangandan uynida srazi uzgarish va usish seziladi.
Shahsan menga Jasurni uynini kuzatish juda qiziq