
Husanov qaerda o‘ynaydi?
Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Lans”da qiziq holat vujudga keldi. Lansliklarning eng kuchli pozitsiyasi himoya chizig‘i hisoblanadi.
“Lans” rahbariyati himoyachilarga etakchilik qilib kelayotgan Kevin Dansoni anchadan beri mo‘may pulga transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rib keladi.
Frantsiyaliklar avstriyalik o‘yinchini 2021 yili Germaniyaning “Augsburg” jamoasidan 5,5 million evroga xarid qilgan. Ayni paytda Dansoning narxi 25 million evroga ko‘tarildi. Himoyachini sotib yuborish uchun juda yaxshi narx. 25 yoshli o‘yinchining bundan buyon transfer summasi yana ko‘tarilishi dargumon.
“Lans” Kevinning ketishiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan. Klub 2023 yilning yozida Abduqodir Husanovni Dansoning o‘rinbosari sifatida transfer qildi. Legionerimiz debyut mavsumida har qanday himoyachi o‘rnini bosishga qodirligini namoyish eta oldi.
Nihoyat, bu galgi yozgi transferlar oynasida lansliklar kutgan taklif tushdi. “Roma” Dansoni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan ijaraga oldi. “Lans” katta transferdan umidvor bo‘lib, Dansoni Rimga jo‘natdi.
Shu tariqa, Abduqodir Husanovning asosiy tarkibda muqim o‘ynashiga yo‘l ochildi. Lekin kutilmaganda Kevin Danso “Roma”da tibbiy ko‘rikdan o‘tolmadi. Yuragida muammo borligi aniqlandi. O‘yinchi ortga qaytdi.
Endi “Lans” murabbiylar shtabi oldida yangi masala paydo bo‘ldi. Jamoa aksariyat holatlarda uch himoyachi bilan o‘ynaydi. Danso safga qaytganidan keyin Abduqodir Husanovning asosiy tarkibdagi o‘rni nima bo‘ladi? “Lans” keyingi uchrashuvlarda jamoaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lib kelayotgan o‘zbek legionerini yosh bo‘lgani uchun yana zaxiraga mixlaydimi? Balki Husanovning ko‘p qirrali himoyachi ekanini inobatga olib, pozitsiyasini o‘zgartirish kerakdir?
Xullas, murabbiylar shtabi Husanovni baquvvat va tezkor harbiy mashinaga o‘xshatgan bosh murabbiy Uill Still rahbarligida shu savollarga javob topishi kerak.
Klub faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com sayti bu borada darrov ashaddiy muxlislar fikrini o‘rganishga kirishdi. Sayt ekspertlari futbol ishqibozlari oldiga bir necha savollar qo‘yib, ovoz berish orqali ularning Husanov bo‘yicha fikrini o‘rgandi.
Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
- Husanovni uch kishilik himoyada markazdan ikki qanotdan biriga olish kerak: 42,31 foiz ovoz.
- Husanov bemalol Danso bilan raqobatlasha oladi va uning o‘rnini egallashi kerak: 35,49 foiz ovoz.
- Husanov yana zaxiraga qaytariladi va zarur paytda boshqa himoyachilarning o‘rniga maydonga tushadi: 22,2 foiz ovoz.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov bu mavsum Frantsiya chempionatida to‘rtta, UEFA Konferentsiyalar ligasida ikkita uchrashuvda ishtirok etib, bu bahslarning aksariyatida muxlisu mutaxassislar ishonchini oqladi.
Supero‘yin ko‘rsatgan Fayzullaev qanday baholandi, Abbos g‘alabadan keyin nimalar dedi?
Fayzullaev jamoaga g‘alaba keltirish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!
Mashhur murabbiy Shomurodovga emas, Ronalduga ustozlik qiladigan bo‘ldi!
Shomurodovni "Roma"da olib qolgan murabbiy nega ishdan olindi?
Hayratdamiz, Husanov bu gal ham bopladi! Frantsiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?
“Lans”: Ular Husanovni tanlashdi! Abduqodir Manchesterga 60 million evroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...
Ana xolos: “Roma”ni Shomurodovni yaxshi ko‘radigan murabbiy boshqarishi mumkin!
Fikrlar