Husanov yana "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Abduqodir Husanov mart oyi yakunlariga koʻra "Manchester Siti" tarkibida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Oʻzbekistonlik himoyachi jamoadoshlari — Rodri va Jeremi Doku bilan boʻlgan kurashda ishonchli tarzda gʻalaba qozonib, muxlislar ovoz berishida ustunlik qildi.
Husanov mart oyidagi oʻyinlarda yuqori darajada harakat qildi va oʻzining faol himoyaviy uslubi orqali "shaharliklar" muxlislarining sevimlisiga aylandi.
Qayd etish joiz, bu uning 2026 yildagi ikkinchi sovrini boʻlib, u yanvar oyida ham eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.
Maʼlumot uchun, Xosep Gvardiola shogirdlari 4 aprel kuni Angliya kubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar