Husanovga “Siti”dan xushxabar!
“Manchester Siti” Evropa qit’asining eng nufuzli xalqaro musobaqasi – Chempionlar Ligasining 2025-2026 yilgi mavsumi uchun 25 nafar futbolchidan iborat qaydnomasini turnir bosh tashkilotchisi UEFAga taqdim etdi.
E’tiborli jihati, ro‘yxatdan yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shilgan Janluiji Donnarumma, Rayan Ait-Nuri, Markus Bettinelli, Rayan Sherki, Tijani Reynders va Jeyms Trafford kabi futbolchilar ham joy oldi.
Shuningdek, Xosep Gvardiola yangi mavsumda Chempionlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga ishonch bildiradigan bo‘ldi.
“Manchester Siti”ning UEFA Chempionlar Ligasi uchun qaydnomasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Rayan Ait-Nuri
Natan Ake
Markus Bettinelli
Oskar Bobb
Rayan Sherki
Ruben Diash
Jeremi Doku
Janluiji Donnarumma
Fil Foden
Niko
Yoshko Gvardiol
Erling Xoland
Rodri
Abduqodir Husanov
Mateo Kovachich
Omar Marmush
Mateus Nunes
Shtefan Ortega
Teyani Reynders
Savio
Bernardu Silva
Jon Stouns
Jeyms Trafford
Riko Lyuis
Niko O’Rayli.
“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi yangi mavsumining umumiy guruh bosqichida “Borussiya Dortmund”, “Real Madrid”, “Bayer”, “Vilyarreal”, “Napoli”, “Budyo-Glimt”, “Galatasaroy” va “Monako” jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahslarning 4 tasiga “Etihad” stadioni mezbonlik qilsa, qolgan to‘rttasi raqiblar maydonida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA o‘tgan 2024-2025 yilgi mavsumdan boshlab, Chempionlar Ligasini yangi formatda o‘tkazib kelmoqda. Endilikda turnirning umumiy guruh bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir klub guruh bosqichda sakkizta o‘yin o‘tkazadi. Umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, eng yuqori 8 ta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa pley-off yo‘llanmasi uchun qo‘shimcha ikkita o‘yin o‘tkazadi.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov Evropa Chempionlar ligasida o‘ynash tajribasini to‘playotgan o‘yinchilardan hisoblanadi. 21 yoshli legionerimiz ushbu nufuzli musobaqada Frantsiyaning “Lans” safida “Arsenal” va “Sevilya”ga qarshi to‘p tepgan bo‘lsa, “Manchester Siti” vakili sifatida “Santyago Bernabeu”da “Real” bilan bahsda ishtirok etgan.
“Real Madrid”, Husanovni kutib ol!
Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!
Husanov haqida xunuk xabar. Abduqodir terma jamoaga kelmaydi
Husanovsiz himoya rasvo bo‘ladi!
Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?
Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?
Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

Fikrlar