“Real Madrid”, Husanovni kutib ol!
“Manchester Siti” nafaqat Angliya Premer-ligasi va mamlakatning ichki musobaqalari, balki Evropa Chempionlar ligasida ham bosh sovringa da’vogar jamoalardan hisoblanadi.
Xosep Gvardiola oxirgi ikkita transfer oynasida tarkibni deyarli o‘zi istagan holatga keltirdi va buyog‘iga shogirdlarining kurashuvchanlik qobiliyatini oshirib borishi talab etiladi.
Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun tashlangan qur’a “shaharliklar”ni umumiy bosqichda jiddiy jamoalarga ro‘baro‘ qildi. Bosh sovrin uchun kurashda manchesterliklar Italiya, Ispaniya, Germaniya, Turkiya va Norvegiya klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Raqiblar orasida – “Real”, “Borussiya Dortmund”, “Bayer” va “Napoli”ning borligi “Manchester Siti”ning yo‘lini yanada og‘irlashtiradi. Chunki bu klublarning har biri o‘z oldiga xuddi “shaharliklar” singari Chempionlar ligasida zafar quchish maqsadini qo‘ygan.
Qolgan raqiblar – “Vilyarreal”, “Budyo-Glimt” va “Galatasaroy” futbolchilari ham istalgan paytda har qanday jamoaga syurpriz bo‘la oladigan klublar qatoriga kiradi.
UEFA qoidasiga ko‘ra, umumiy guruhda ishtirok etayotgan 36 ta jamoaning har biri sakkiztadan uchrashuvda maydonga tushadi. O‘yinlarning teng yarmi uyda va ikkinchi qismi raqib arenasida tashkil qilinadi. Ya’ni har bir jamoa o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘rtta, safarda yana to‘rttadan o‘yin o‘tkazadi.
Musobaqaning ushbu bosqichi yakunida jadvalning eng yuqori sakkiz pog‘onasini egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi.
9-24-o‘rinlar sohiblari ikkita uchrashuvdan iborat o‘tish bosqichida qatnashadi. Ularda zafar quchgan sakkizta jamoa nimchorak finalga chiqadi. O‘tgan mavsumda “Manchester Siti” futbolchilari xuddi shu bosqichda “Real”ga to‘qnash kelib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, musobaqani tark etgandi.
Umumiy guruhda 25-36-o‘rinni qolgan jamoalar Chempionlar ligasidagi yurishini to‘xtatadi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Abduqodir Husanov hurmatidan “Manchester Siti”ga muxlislik qilishini inobatga olib, sports.uz portadi Xosep Gvardiola shogirdlarining o‘yin sanalari haqida ma’lumot beradi.
Quyidagi javdal orqali uchrashuvlar joyi va sanasi haqida bilib olishingiz mumkin.
1-tur: “Manchester Siti” – “Napoli”, 18 sentyabr.
2-tur: “Monako” – “Manchester Siti”, 1 oktyabr.
3-tur: “Vilyarreal” – “Manchester Siti”, 21 oktyabr.
4-tur: “Manchester Siti” – “Borussiya Dortmund”, 5 noyabr.
5-tur: “Manchester Siti” – “Bayer Leverkuzen”, 25 noyabr.
6-tur: “Real Madrid” – “Manchester Siti”, 10 dekabr.
7-tur: “Budyo-Glimt” – “Manchester Siti”, 20 yanvar.
8- tur: “Manchester Siti” – “Galatasaroy”, 28 yanvar.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdi, “Manchester Siti” futbolchilari uchun eng qiyin uchrashuv Madridda bo‘ladi. Oltinchi turdan o‘rin olgan “Real” va “Manchester Siti” bahsi qaysi bosqichda bo‘lishidan qat’i nazar musobaqaning markaziy o‘yini sifatida e’tirof etilishi odatga aylangan.
Qolaversa, o‘tgan mavsumda bu ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelgandi. “Santyago Bernabeu”dagi javob uchrashuvida Abduqodir Husanovning madridliklar yulduzi Vinisius Juniorga qarshi o‘tkazgan o‘yini ekspertlar tomonidan juda yuqori baholangan. Braziliyalik yulduz o‘ng qanotda o‘zbek himoyachisining jiddiy qarshiligiga duch kelib, birorta samarali harakatni amalga oshira olmaganini hali hamon unutmagan bo‘lsa kerak.
Bundan tashqari, Abduqodir Husanov raqiblar orasida “Monako” bilan ham o‘ynash tajribasiga ega. 21 yoshli hamyurtimiz “Lans”da faoliyat yuritgan davrida Frantsiya chempionati doirasida monakoliklarga qarshi maydonga tushgan edi.
Husanovga “Siti”dan xushxabar!
Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!
Husanov haqida xunuk xabar. Abduqodir terma jamoaga kelmaydi
Husanovsiz himoya rasvo bo‘ladi!
Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?
Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?
“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?
Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda



Fikrlar