Husanovga yaqin manba Sports.uz xabariga oydinlik kiritdi!
“Energetik-BGU” markaziy himoyachisi Abudqodir Husanovning “Lans” jamoasiga o‘tayotgani haqidagi xabarlar tarqala boshladi.
Sports.uz sayti telegrammdagi “Belarus futboli” kanali 19 yoshli futbolchimiz “Lans” bilan shartnoma tuzgani haqidagi xabarni e’lon qildi.
Tezkor! Husanov Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan Frantsiya klubi bilan shartnoma tuzdi
Abduqodir Husanovga yaqin manbalar, Sports.uz sayti tahririyati bilan bog‘lanib, bu masalaga oydinlik kiritdi.
Manbaning aytishicha, Abduqodir Husanov “Lans”ga o‘tishga rozilik bergan, biroq, ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgani uchun hali Frantsiya vitse-chempioni bilan rasman shartnoma imzolashga ulgurgani yo‘q.
Tez orada futbolchimiz Frantsiyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar