
Husanovning “Manchester Siti”dagi debyutini qachon ko‘ramiz?
Abduqodir Husanov faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi rasman e’lon qilindi. Hozir bu transfer eng ko‘p muhokama qilinayotgan dolzarb mavzulardan bo‘lib turibdi.
Bugungi kunda Angliya chempioni 20 yoshli o‘zbek himoyachisi uchun Frantsiyaning “Lans” klubiga jami 50 million evro to‘lashi, Abduqodir “shaharliklar” bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzgani, tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkinligi va hamyurtimiz yangi klubida 45-raqamni tanlagani haqidagi ma’lumotlar tarqalib bo‘ldi.
Hozir ko‘pchilikni qiziqtirayotgan eng dorzarb masala Abduqodir Husanov “Manchester Siti”dagi debyutini qachon o‘tkazishi bo‘lib turibdi.
“Manchester Siti”ning eng yaqin uchrashuvi 22 yanvar kuni Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida PSJga qarshi o‘tkaziladigan safardagi bahs bo‘lib turibdi. Biroq manbalarning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” yangi o‘yinchilari – Abduqodir Husanov va Vitor Reysni musobaqa qaydnomasidan o‘tkazishga ulgurmagan.
Shu bois, har ikki legioner Chempionlar ligasida Xosep Gvardiola jamoasiga yordam bera olmaydi.
Manchesterliklar eng nufuzli turnirning umumiy bosqichidagi oxirgi uchrashuvini 29 yanvar kuni Germaniyada “Shtutgart”ga qarshi o‘tkazadi.
Agar Xosep Gvardiola shogirdlari Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, kuchli 24 jamoa qatoridan joy olsa, musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. So‘nggi ikki tur oldidan “Manchester Siti” oltita uchrashuvda sakkiz ochko to‘plagan holda 22-pog‘onani egallab turibdi.
Angliya chempionlari nimchorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadigan eng kuchli sakkizta klub qatoriga qo‘shila olmasligi oydinlashib qolgan. Shu bois, manchesterliklar qo‘shimcha tarzda o‘tkaziladigan o‘tish uchrashuvlari orqali 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashishi kutilyapti.
Abduqodir Husanov va Vitor Reys kabi yangi o‘yinchilar “Manchester Siti”dagi debyut uchrashuvini Angliya Premer-ligasida doirasida 25 yanvarga belgilangan “Chelsi”ga qarshi o‘yinda nishonlashi mumkin. Bu bahsga manchesterliklar mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” ham o‘zbek futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq raqobatchilarga nisbatan dadil harakat qilgan “shaharliklar”ni transfer masalasini juda tez va bir urinishda hal qila oldi.
Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida maydonga tushishi bilan Angliya Premer-ligasidagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘yadi.
Legionerimiz 19 yoshidayoq Frantsiya futbolidagi yagona o‘zbekistonlik futbolchi sifatida o‘chmas iz qoldirgan.
Husanovning raqobatchilariga havas qilmayman, Abduqodir ularni “g‘ajib tashlaydi”!
Husanov qanday qilib zo‘r himoyachiga aylangan?
Noyob fakt: Husanov avval “Old Trafford”da o‘ynab ketgan!
Husanovdan quruq qolgan “Real” endi 100 million evroga himoyachi oladi!
Fikrlar