Husanovning raqobatchisi endi Italiyada o‘ynaydi

  • 01.09.2025 18:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini Milanning "Inter" klubida davom ettiradi.

Mashhur insayder Fabritsio Romano tasdiqlashicha, Akanji sotib olish sharti bilan A Seriya grandiga ijaraga beriladi. "Inter" futbolchi  ijarasi uchun 2 million evro to‘laydi. Shartnomada esa, himoyachini 15 millionga sotib olish bandi bor.

Eslatib o‘tamiz, Akanji 2022 yilda "Borussiya Dortmund"dan "shaharliklar" safiga qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!