Husniddin G‘ofurov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. U o‘ziga Tiago Bezerradan qolgan 77-raqamni tanladi

Qanot yarim himoyachisi pozitsiyasida o‘ynaydigan G‘ofurov professional faoliyatini 2012 yil "NBU-Osiyo" jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning "Yavor" klubi bilan shartnoma imzolab, keyinchalik "Mladost" safiga ko‘chib o‘tdi. 2018 yildan ayni paytgacha u "Lokomotiv" safida maydonga tushdi.

Bir yarim yillik shartnoma imzolagan Husniddin G‘ofurov endi "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Husniddin G‘ofurov

Tug‘ilgan sanasi: 29.07.1994

O‘ynagan jamoalari:

2012—2013 "NBU-Osiyo" 20 o‘yin, 14 gol

2014—2017 "Yavor" Serbiya 80 o‘yin, 9 gol

2017 "Mladost" Serbiya 8 o‘yin, 1 gol

2018—2019 "Lokomotiv" 37 o‘yin, 4 gol

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
22/07/2019 13:24
Ақли борлар секин секин кетаверади нас босган жойлан