Ian Garri: "Konor Makgregor yarim ochiq qolgan sahifani to‘liq yopishi kerak"
Irlandiyalik UFC jangchisi Ian Garri "UFC 329" turnirida Konor Makgregor olgan jarohat haqida fikr bildirib, hamyurtini yana oktagonga qaytishga chaqirdi.
Garrining taʼkidlashicha, Makgregor oʻzining yarim ochiq qolgan sahifasini yopishi, ruhiy jihatdan xotirjam boʻlishi va karerasini chiroyli tarzda yakunlashi kerak.
"Maks Holloweyga qarshi jang atrofida boʻlgan voqealarni kuzatish juda ogʻir... Bu dunyodagi istalgan jangchi uchun noxush holat — oylab tayyorgarlik koʻrasiz, lekin oktagonda oʻzingizni koʻrsatish imkoni boʻlmaydi. Ūylaymanki, Konor, albatta, qaytadi, chunki u ruhiy holatini tiklab olishi kerak.
Makgregorning aytishicha, shartnoma boʻyicha unda yana bir jang qolgan. Bu shunday tugamasligi kerak. Uning oʻrnida boʻlganimda, oxirgi jangim shunday tarzda yakunlanishini istamasdim", — deya Garrining soʻzlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib oʻtamiz, 11 iyul kuni besh yillik tanaffusdan soʻng oktagonga qaytgan Konor Makgregor Maks Holloweyga qarshi bahsning boshidayoq oyogʻidan olgan jarohati sababli muddatdan avval magʻlubiyatga uchradi.

Fikrlar