IBF chempioni Filip Hrgovichning keyingi raqibi ma'lum bo'ldi
Taniqli promouter Frenk Uorren og‘ir vaznda IBF chempioni Filip Hrgovichning keyingi rejalariга oyдинlik kiritdi.
"Hrgovich bu yil ringga chiqmaydi, lekin kelasi yilning boshida jang qiladi. Biz buni tashkil qilamiz. Filip ayni paytda Frenk Sanchesga qarshi bellashishi kerak. Bu uning majburiy himoyasi va biz mazkur to‘qnashuvga rozilik berganmiz. Avvalroq, Sanchesga vaqtincha chetga chekinishi uchun katta miqdorda pul ham to‘lagan edik", — deya Uorrenning so‘zlarini keltirdi "Boxing Scene" nashri.
Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni Filip Hrgovich 9 raundda britaniyalik Mozes Itaumuni texnik nokautga uchratib, IBF kamarini qo‘lga kiritgandi. Ushbu divizionda hamyurtimiz Bahodir Jalolov to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Charm qo‘lqop ustamiz 17 oktyabr kuni Solomon Dakresga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar