
Ibragimovich "kambek qilmoqchi": U Shvetsiya terma jamoasiga qaytish uchun muzokaralarga kirishdi
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson bilan milliy jamoaga qaytish masalasini muhokama qildi.
Andersson va mamlakat futbol federatsiyasi bosh sekretari Xokan Shestrand 39 yoshli futbolchi bilan muzokara o‘tkazish maqsadida Italiyaga tashrif buyurdi.
"Zlatan terma jamoaga qaytishga rozilik berdi. Men u bilan darhol uchrashib, barchasini muhokama qilib olishim kerak edi. Barchasi tezda tashkillashtirilganidan xursandman. Muzokara juda yaxshi o‘tdi, biz so‘zlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldik. Hozircha shu, boshqa izoh bera olmayman", - deydi Andersson.
Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini 2016 yilda yakunlagan edi. U milliy jamoa safida 116 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol kiritgan. Shuningdek, u terma jamoa to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar