
Ibragimovich Superliga g‘oyasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Evropa Superligasi loyihasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men nima uchun klublar ushbu musobaqani boshlashga qaror qilganini tushunaman. Ular pul yo‘qotmoqda, shuning uchun ular boshqa yo‘llarni qidirmoqda. Natijada, bu muxlislar va klublar o‘rtasida bahsga aylanib ketdi. Hech kim futbolchilarning fikrlarini so‘ramadi”, - dedi shvetsiyalik futbolchi.
Dastlab, Evropaning 12 ta grand klublari yangi turnir boshlanganini e’lon qildi, ammo futbol jamoatchiligining salbiy munosabati tufayli loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Hozircha turnir ishtirokchilari orasida faqatgina Turinning "Yuventus", Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublari qoldi.
Fikrlar