Ibragimovich va "Milan" maosh masalasida kelisha olmayapti

  • 17.08.2020 13:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati hamon Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “rossonerilar” 38 yoshli shvetsiyalik forvardga yiliga 5 mln evro maosh va qo‘shimcha bonuslar taklif qilmoqda (Evropa ligasi g‘olibligi va shaxsiy natijalar uchun). Shular bilan qo‘shib hisoblaganda jami yillik daromad 6 mln evroga borishi mumkin.

Ibragimovich esa bonuslar bilan birga 7,5 mln evro so‘ramoqda. Rahbariyat Zlatan o‘zining ushbu talablarini kamaytirishiga umid qilmoqda.

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli ham mahoratli hujumchini yangi mavsumda ham o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ibragimovich, o‘tgan yarim mavsum davomida A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!