Ibrohimovich endi “Milan”ga yordam bera olmaydi

  • 23.11.2020 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

To‘purarlik mahoratini namoyish etayotgan Zlatan Ibrohimovich ma’lum muddat jamoasiga yordam bera olmaydi.

39 yoshli hujumchi o‘zi ikkita gol urgan “Napoli”ga qarshi uchrashuvda sonining orqa qismidan jarohat oldi. Mutaxassislar Zlatan bu turdagi jarohat bilan bir oygacha maydonga tusha olmasligi mumkinligini aytmoqda.

Endi shvetsiyalik futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi va shunga qarab, unga davolash usuli tayinlanadi.

Zlatan Ibrohimovich o‘nta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.

Yurgen Klopp: Jamoamda yosh bolalarni o‘ynatishga majburman, mendan esa natija talab qilishyapti!

“Rostov” daromad olishi uchun Shomurodov Italiyada gol urishi kerak

PSJ Neymarni sotadigan bo‘ldi. Bunga arzirli sabab bor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!