PSJ Neymarni sotadigan bo‘ldi. Bunga arzirli sabab bor
PSJ rahbariyati yozgi transferlar mavsumida Neymarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar Neymar transferidan keladigan va maoshidan tejaladigan mablag‘ni Kilian Mbappeni saqlab qolish uchun yo‘naltirishga qaror qilgan.
Pandemiya PSJga ham ta’sir qila boshladi. Klub xo‘jayinlari bir jamoada ikki serxarajat yulduzni ushlab tura olmaydi. Parijliklar Mbappeni olib qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Biroq, 21 yoshli hujumchining o‘zi yozda jamoani tark etishni mo‘ljallayapti.
Neymar ham yangi shartnoma borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Avvaliga Parijda qolishga qaror qilgan braziliyalik futbolchi “Barselona”da vaziyat o‘zgarishini kutmoqda. Kataloniya klubi boshqaruviga keladigan yangi prezident Neymarni jamoaga qaytarishi mumkinligi aytilmoqda.
Har ikki futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.

Fikrlar