
Ibrohimovich eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi. U Messi ham, Ronaldu ham emas!
Professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan Zlatan Ibrohimovich hech qanday kamtarlik qilmasdan, o‘ziga juda yuqori baho berdi.
- Agar qo‘lga kiritilgan sovrinlarni chetga surib, faqat mahorat bo‘yicha baholasak, eng zo‘ri menman. Behazil. Men barcha futbolchilar orasida eng etugiman. Qobiliyat bo‘yicha shunday.
“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani yo‘q, Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqmaganman. Agar bunaqa narsalar muhim bo‘lsa, men eng yaxshilar ro‘yxatiga kirmayman. 34 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldim, bir nechta individual yutuqlarim ham bor. Bularning hammasi jamoa g‘alabalaridan kelib chiqadi.
Agar individual qobiliyatdan kelib chiqsan, 100 foiz eng zo‘ri menman, - dedi Zlatan Ibrohimovich.
Shvetsiyalik hujumchi faoliyati davomida “Malmyo”, “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, PSJ, “Manchester Yunayted”, “Los-Anjeles Gelaksi” va “Milan”da o‘ynagan.
Fikrlar
Esanov, xojiakbar alijonov,