Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi
Bugun O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Tashpulatov Aziz Anvarovich mamlakat voleybol federatsiyasining raisi etib saylandi.
Ichki ishlar akademiyasida tashkil qilingan mazkur tadbirda Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi. Rasmiylar konferensiyasida voleybolning yurtimizda rivojlanib borayotganini alohida e’tirof etishdi. Terma jamoalar shakllantirilib, ular uchun mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilayotgani, xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar va mashg‘ulotlar olib borilayotgani tilga olindi.
O‘z o‘rnida, Aziz Anvarovich bildirilgan ishonchni oqlashga, yurtimizda voleybol rivojini yangi bosqichga olib chiqishga va’da berdi. Sport vazirligi va MOQ rahbariyati mamlakat voleybol federatsiyasining yangi rahbariga oldinda turgan vazifalarni bajarishda kuch-g‘ayrat va omad tiladi.
Shuningdek, konferensiya davomida rasmiylar ramziy ma’noda 5 tashabbus Olimpiadasi doirasida “Ichki ishlar vaziri” kubogi musobaqalariga start berishdi.
Fikrlar