"Ichki muhitni ushlab qolishga harakat qilyapmiz", "Sekeyra paytida tarkibda tajribali futbolchilar ko‘p edi", "Loko" doim o‘z oldiga bir maqsadni qo‘yadi - Islom Qobilov bilan intervyu

  • 27 aprel, 2022, 18:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz'da "Etakchi" loyihasining navbatdagi soni! Bu safar "Lokomotiv" klubi himoyachisi Islom Qobilov jamoasining joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki, Sekeyra va Korostichenko o‘rtasidagi farq va boshqa mavzularda fikr bildirdi.

Tecno

Jamoadagi muhit haqida

Ketma-ket muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin jamoadagi ijobiy muhitni ushlab qolishga harakat qilyapmiz. Bu kabi mag‘lubiyatlardan so‘ng asosiysi ruhiy jihatdan tushkunlikka tushib qolmaslik deb o‘ylayman. Endi bor e’tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratib, faqat g‘alaba qozonish va jamoaviy muhitni a’lo darajaga olib chiqishga harakat qilamiz. 

O‘tgan yili Mikael Sekeyra futbolchilarga o‘rgatgan taktikalar va hozirgi murabbiyning qarashlari o‘rtasida farq bormi? Balki shu jihat biroz pand berayotgandir.

O‘tgan yilgi tarkib va hozirgisi o‘rtasida farq etarlicha. Sekeyra qurgan jamoada tajribali futbolchilar juda ko‘p edi. Shu tufayli ham ular bilar bir-birimizni ancha yaxshi tushunib harakat qilardik. Natijada, murabbiyning talablarini bajarish oson kechardi. Bu yil esa, jamoa ancha yoshardi, yangilandi. O‘zaro tushunmovchiliklar ham shuning oqibatida yuzaga kelyapti deb o‘ylayman. Biroq oldimizda turgan o‘yinlarda g‘alaba qozonib, Korostichenkoning yuzini yorug‘ qilishga harakat qilamiz.

Anchagina yo‘qotishlarga uchragan "Lokomotiv"ning Superligadagi maqsadi qanday?

"Loko" doim o‘z oldiga chempionlikni maqsad qilib qo‘yadi. Biz yuqori o‘rinlarni egallash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. 

Fazliddin Abdurahmonov suhbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!