
"Real" televideniesi ("Qayrat" bilan o‘yin haqida): “Xitoygacha boramiz, juda og‘ir qur’a”
"Real Madrid TV" efirida klubning Chempionlar ligasida Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasiga qarshi o‘yin uchun borishi muhokama qilinib, uzoq safardan shikoyatlar aytildi.
Boshlovchilardan biri shunday dedi:
"Kim shubha qilardi - eng uzoq safar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6500 kilometr, deyarli Xitoygacha boramiz".
"Xo‘sh, "Real"ga yana o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi, boshqa favoritlar yoki birinchi savatchadagi nomzodlarga nisbatan eng noqulay raqiblar tushdi.
Ikkala safar ham qur’a tashlash kompyuter yordamida o‘tkazilgani qanday g‘alati tasodif. Mayli, keyin, agar xohlasang, buni muhokama qilamiz, lekin bu juda juda og‘ir vaziyat. Nafaqat raqiblar tufayli, balki hatto ahamiyatsizroq jamoalar bilan ham, kichikroq darajadagi jamoalar bilan ham bizga eng yomon yo‘l nasib etdi - Xitoy chegarasigacha deyarli 300 kilometr yo‘l bosish kerak" - deya qo‘shimcha qildi boshqa bir boshlovchi.
Fikrlar