
Qozoqlar Evropa Chempionlar ligasida mutlaq rekord o‘rnatishi aniq bo‘ldi
“Qayrat” jamoasi Qozog‘iston futboli tarixida ilk bor Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Almatiliklar bo‘lajak o‘yinlardan birida eng uzoq masofaga safar qilishiga to‘g‘ri keladi. Lissabonning “Sporting” jamoasiga qarshi bahsga ketib borish uchun “Qayrat” 7000 ming kilometr masofa bosib o‘tishi kerak.
Bu Chempiolar ligasi tarixida eng uzoq safar sifatida mutlaq rekord bo‘ladi.
“Qayrat” umumiy bosqichda jiddiy raqiblarga duch kelgan. Qur’a natijasiga ko‘ra, qozoq jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid”, Belgiyaning “Bryugge”, Gretsiyaning “Olimpiakos”, Kiprning “Pafos”, Italiyaning “Inter”, Angliyaning “Arsenal” va Portugaliyaning “Sporting” klubi futbolchilari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar