Igor Sergeev Qozog‘istonda navbatdagi golini kiritdi (video)
Bugun Qozog‘iston Premer-ligasida 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Igor Sergeev faoliyat olib boradigan "Aktobe" klubi o‘z maydonida"Qaysar"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
E’tiborlisi, "Aktobe"ning uchrashuvdagi yagona goliga hamyurtimiz Igor Sergeev mualliflik qildi. Bu uning joriy mavsumdagi ettinchi goli bo‘ldi.
Qozog‘iston Premer-ligasi. 11-tur
"Aktobe" - "Qaysar" 1:1
Gollar: Igor Sergeev (43) - Karolis Laukzemis (28).

Fikrlar