Iguain yana "Yuventus"ga qaytadi
Argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain o‘zining kelajak faoliyati borasida muhim qarorga keldi.
Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha 31 yoshli futbolchi yana "Yuventus"ga qaytmoqchi.
U “keksa sinora” safida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynamoqchi. Qayd etish lozimki, Iguain va Ronaldu o‘z vaqtida “Real” Madridda birga to‘r surishgan.
Eslatib o‘tamiz, Iguain mavsumni ijara asosida “Milan”da boshlagan edi, davralar oralig‘ida esa “Chelsi” safiga ko‘chib o‘tdi. Ammo, ularning hech birida o‘zini ko‘rsata olmadi.

Fikrlar