Ikardi ertaga "Inter"ga yordam bera olmaydi

CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardi ertaga Italiya A Seriyasining 24-turida “Bolonya”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tecno

Berilgan xabarlarga ko‘ra argentinalik futbolchi olgan jarohatidan hali to‘liq forig‘ bo‘lib ulgurmagan. Eslatib o‘tish lozimki, u aynan mana shu jarohati sabab o‘tgan tur "Krotone"ga (1:1) qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborgan edi. Uning o‘rniga esa yana katta ehtimol bilan Eder maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum A Seriyada jami 22ta uchrashuv o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 18ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!